UzVC fond fondlari mamlakatimizdagi ilk ikki xususiy mahalliy venchur fondlari

Miraki 2025

Ilgari venchur studiyalar sifatida faoliyat yuritgan Imkon Ventures va SarmoVC uchun asosiy investori sifatida ishtirok etayotganini mamnuniyat bilan e'lon qiladi.

Har bir fond kapitali 5 million dollargacha tashkil etadi. Bu tashabbus xususiy sektorni rivojlantirishga bo‘lgan qat'iy e’tiborimizni tasdiqlaydi. Fondlarning ishga tushirilgani Iqtisodiyot va moliya vaizrligi bilan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan tashkil etilgan kichik va o‘rta biznes bo‘yicha konferensiyada rasman e’lon qilindi va global venchur hamjamiyatining e’tiborini tortdi.

 

 

Dsc F1665 Улучшено Ум. Шума

 

 

Uzoq muddatli istiqbolda ushbu fondlar O‘zbekistonda ilk texnologik "unicorn" startaplarning paydo bo‘lishiga ko‘maklashish va mamlakatni mintaqaviy inovatsiya iqtisodiyotda yetakchi o‘yinchi sifatida mustahkamlashni maqsad qilgan.

 

 

008 A7532 1 (1) 11zon

 

 

1. Imkon Ventures — pre-seed, seed bosqichidagi startaplarga sarmoya kirituvchi erta bosqichdagi fond.

 

 

Fond hammuassislari — Qatarda faoliyat yuritayotgan venchur investor Tohir Mirzajonov va Startup Garage asoschisi hamda Imkon Ventures boshqaruvchi hamkori Muhammad Xalil. Fond asosan finteh, sun’iy intellekt, B2B SaaS va deeptech sohalaridagi, chegaralardan tashqari o‘sish salohiyatiga ega loyihalarga sarmoya kiritadi.

 

 

Tashabbusning maqsadi — Markaziy Osiyo va MENA mintaqalari o‘rtasida ko‘prik bo‘lish, o‘zbek jamoalarini xalqaro texnologik ekotizimga integratsiya qilish, loyihalarni Startup Garaj orqali ishga tushirishdir.

 

 

Imkon Ventures keyingi ikki yil ichida 25–30 ta startapga sarmoya kiritishni rejalashtirgan — har bir startap uchun o‘rtacha $50 mingdan $150 minggacha investitsiya kiritiladi. Eng istiqbolli startaplar uchun qo‘shimcha sarmoya raundlari ham nazarda tutilgan. Fond ishga tushirilishi orqali 2030 yilgacha 1000 dan ortiq yuqori malakali ish o‘rni yaratilishi va mamlakatning raqamli infratuzilmasi hamda inson kapitaliga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

 

008 A7562 1 11zon

 

 

2. SarmoVC — pre-seed bosqichidagi, hali g‘oya darajasida bo‘lgan va hali daromad keltirmayotgan, ammo yuqori salohiyatga ega startaplarga yo‘naltirilgan fond.

 

Sarmoya miqdori — $5,000 dan $20,000 gacha, raund $50,000 gacha etishi mumkin. Fond turli daromad ulashish (revenue sharing) va ulushni qayta sotib olish (buyback) modellaridan foydalanadi. Asosiy yo‘nalishlar — EdTech va AI (sun’iy intellekt).

 

 

SarmoVC o‘zining Sarmo Lab venchur studiya platformasi orqali faoliyat yuritadi va eng erta bosqichdagi jamoalarni qo‘llab-quvvatlash, gipotezalarni sinash va keyingi sarmoya raundlariga tayyorlashni maqsad qiladi.

 

 

Fond “qarama-qarshi” yondashuvni tanlagan — diaspora asoschilari, AI muhandislari va ta’lim texnologiyalari sohasidagi innovatorlarni g‘oya bosqichida qo‘llab-quvvatlaydi.

 

 

Ushbu sarmoyalar — yangi xususiy venchur fondlari uchun katta turtki bo‘lib, boshlang‘ich bosqichdagi xususiy venchur bitimlarning o‘sishiga va yangi raundlarga tayyorlangan startaplarning shakllanishiga xizmat qiladi. Bu esa mahalliy va xalqaro yirik fondlar uchun ham qiziqish uyg‘otishi mumkin.

 

 

Dsc F1705 Улучшено Ум. Шума

 

 

UzVC SarmoVC va Imkon Ventures jamoalariga muvaffaqiyat va yangi marralarga yetishishlarini tilab qoladi.