O‘zbekiston Techstars global tarmog‘ida
accelerator
scaling
Birinchi marta mahalliy startap asoschilari Founder Catalyst dasturida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar — ushbu 10 haftalik onlayn preakselerator startaplarni investitsiya jalb qilish va kengayishga tayyorlashga mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Techstars’ning global startap ekotizimiga qo‘shildi va mahalliy texnologik tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar ochildi. Endilikda O‘zbekiston startap asoschilari ilk bor Founder Catalyst dasturida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu dastur 10 haftalik onlayn preakselerator bo‘lib, startaplarni investitsiya jalb qilish va xalqaro miqyosda kengayishga tayyorlashga qaratilgan.
Founder Catalyst dasturi erta bosqichdagi startaplar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchilarga barqaror biznes-model yaratish, mahsulot va bozor mosligini (Product–Market Fit) tekshirish hamda investorlar bilan ishlashga tayyorgarlik ko‘rish uchun amaliy bilim va vositalarni taqdim etadi.
Dastur doirasida ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
• Mentorlik qo‘llab-quvvatlashi. Texnologik kompaniyalarni yaratish va kengaytirish bo‘yicha katta tajribaga ega, jumladan “unicorn” kompaniyalar asoschilari va yetakchi mutaxassislar bilan individual 1:1 uchrashuvlar.
• Ta’lim modullari va master-klasslar. Product–Market Fit, startapni kengaytirish strategiyalari, operatsion jarayonlar va boshqaruvga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlar.
• Pitch-coaching. Investorlarga taqdim etiladigan taqdimotni tizimli ravishda takomillashtirish va investitsiya talablari darajasiga olib chiqish.
• Hamkorlik bonuslari. Ishtirokchilar AWS, Google Cloud, Stripe va boshqa global texnologik platformalardan umumiy qiymati 4 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan kredit va imtiyozlarga ega bo‘ladilar.
• Xalqaro netvorking. Dastur AQSh, Buyuk Britaniya, Turkiya va boshqa davlatlardan bo‘lgan startap asoschilari bilan bir oqimda o‘tkazilib, xalqaro tajriba almashish va professional aloqalarni kengaytirish imkonini beradi.
Arizalarni qabul qilish muddati — 13-fevralgacha.
Dastur o‘tkazilish sanalari: 17-mart – 22-may.
Ishtirok formati — to‘liq onlayn.
Dastur bo‘yicha batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish havola orqali mavjud:
https://www.techstars.com/techstars-founder-catalyst-global-spring-2026-program