UzVC Central Eurasian Venture Forum 2025 forumida ishtirok etdi

CEVF2025

2025-yil 14–15-iyun kunlari Ostona shahrida Central Eurasian Venture Forum 2025 bo‘lib o‘tdi

Unda Markaziy Yevrosiyo mamlakatlarining startap va venchur kapital bozoridagi yetakchi ishtirokchilari qatnashdi. Yaqinda Fond fondlari maqomiga ega bo‘lgan UzVC — O‘zbekiston Milliy Venchur Kapital Fondi ham mazkur forumda faol ishtirok etdi.

 

4 Y1 A8612 Min

 

UzVC investitsiyalar direktori Abdu­lazal Toshxo‘jayev “Fond fondlarining startap ekotizimlarini rivojlantirishdagi o‘rni” mavzusidagi panel muhokamasida qatnashdi. U bilan birga Qozog‘istonning yetakchi institutlari — Qazaqstan Venture Group (QVG) va Qazaqstan Investment Corporation (QIC)  rahbarlari ham ishtirok etdilar.

 

Panelda transchegaraviy hamkorlik, xalqaro investitsiyalarni jalb qilish va mahalliy venchur bozorini rivojlantirish uchun institutsional kapital zarurati haqida fikr almashildi.

 

Img 4515 11zon

 

UzVC O‘zbekiston va butun mintaqada startaplar rivojiga qulay muhit yaratish va global investorlarni jalb qilish yo‘lida faol ishlashda davom etadi.

UzVC 2021-2025 ©

Shartlar va qoidalar
b2app