UzVC Better Future akseleratsiya dasturining demo kunida panel sessiyada ishtirok etdi

Better Future 2025

2025-yil 25-iyun kuni Toshkent shahrida Domino Ventures tomonidan tashkil etilgan Better Future akseleratsiya dasturining demo kuni bo‘lib o‘tdi

Ushbu dastur faqat o‘zbek startaplari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, demo kuni ularning muvaffaqiyatlarini nishonlash, investorlar bilan bog‘lanish va mintaqadagi venchur ekotizimning kelajagini muhokama qilish imkonini berdi.

 

Ds C00605

 

Tadbirda xalqaro investorlar — Purple Ventures, Orbit Startups, Heartfelt Ventures, hamda mahalliy fondlar — UzVC, Aloqa Ventures, IT Park Ventures ishtirok etdilar.

 

UzVC investitsiya direktori Abdu­lazal Toshxo‘jayev asosiy panel sessiyada, ya’ni “Bridging Policy, Capital, and Scale: Uzbekistan’s VC Ecosystem at a Crossroads” mavzusida nutq so‘zladi.

 

 

Toshxo‘jayev o‘z chiqishida O‘zbekistondagi venchur ekotizimdagi asosiy muammolarga e’tibor qaratdi:

 

-startaplar uchun erta bosqich moliyalashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi;

 

-tajribali venchur fondi menejerlarining yetishmasligi;

 

-akseleratsiya va ventur studiyalar infratuzilmasining zaifligi;

 

-xalqaro standartlarga mos kelmaydigan huquqiy va soliq muhitining mavjudligi.

 

 

Ushbu muammolarga javoban, UzVC — Fond fondlari sifatida — tizimli yondashuvni amalga oshirmoqda:

 

-xalqaro va mahalliy fondlarga kapital ajratmoqda;

 

-yangi mahalliy fondlar va ularning jamoalarini shakllantirishga ko‘maklashmoqda;

 

-startaplar uchun akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini qo‘llab-quvvatlamoqda;

 

-investorlar uchun qulay qonunchilik va soliqqa oid islohotlarda hukumat bilan hamkorlik qilmoqda.

 

Ds C00628 11zon

 

Xalqaro hamkorlik haqida gapirar ekan, Toshxo‘jayev ta’kidladi:

 

 

“UzVC — bu xalqaro investorlar uchun ishonchli mahalliy hamkor. Biz xorijiy fondlar uchun risklarni kamaytirib, ularni O‘zbekiston va butun Markaziy Yevrosiyoga olib kirishga yordam bermoqdamiz.”

 

UzVC o‘z faoliyati orqali O‘zbekiston startaplarini global bozorga ulash va mahalliy innovatsion infratuzilmani mustahkamlash yo‘lida faol harakat qilmoqda.

UzVC 2021-2025 ©

Shartlar va qoidalar
b2app